Andijon viloyat ommaviy kutubxonasi — hududdagi eng yirik ommaviy kutubxonalardan biri bo'lib, o'z fondida minglab bosma va elektron nashrlarni jamlagan.
Kutubxonamizning maqsadi — aholining barcha qatlamlariga bilim va ma'rifat manbalaridan bemalol foydalanish imkoniyatini yaratish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va zamonaviy raqamli xizmatlarni joriy etishdir.
Har bir kitobxon ro'yxatdan o'tib, o'z shaxsiy kutubxon kartasini olishi, kitoblarni onlayn band qilishi va elektron kutubxonadan foydalanishi mumkin.